Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar muammolari nazoratga olindi
17:41 / 2021-03-31

Nurafshon shahrida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, «O‘zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, «Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» o‘rinbosari Azizbek Xodjayev hamda idora, tashkilotlar rahbarlari, mas’ul shaxslar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Ta’kidlanganidek, bugungi islohotlar samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, tashabbuskor yoshlarga qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu yil birinchi chorakda viloyat tuman va shaharlari bo‘yicha 14 ming 936 nafar yigit-qiz bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik faoliyati uchun 1 ming 198 nafar yoshga 52 milliard 662 million so‘m kredit ajratilgan. Yil boshidan bugungi kunga qadar 10 ming 234 nafar ishsizga 2 ming 629,2 gektar yer maydonlari ajratildi.

Subsidiyalar ajratish orqali 131 nafar yoshlar bandligiga ko‘maklashilib, 664,4 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bugunga qadar «Yoshlar:1+1» loyihasi asosida jami 2 ming 64 nafar yosh esa tajribali tadbirkorlar va hunarmandlarga biriktirildi. Bundan tashqari, 1 ming 88 nafar yoshlarga kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitilgani bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Yoshlar tomonidan bugungi kunda tadbirkorlikni amalga oshirish, o‘quv markazlarini tashkil etish, ziyorat turizmini yo‘lga qo‘yish borasida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar muhokama qilindi. Xususan, nurafshonlik 18 yoshli Abdulla Yo‘ldoshev aholini sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun olayotgan kreditga kafil topolmayapti. – Shu masalani ijodiy hal qilib berishi bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qildim, – deydi A.Yo‘ldoshev. – Ushbu tadbirkorlik loyiham orqali 15 nafar men kabi yigitlar ish bilan band bo‘ladi. Kelgusida faoliyatimizni yanada takomillashtirishni ham rejalashtirganmiz. Mas’ullar ijobiy yordam ko‘rsatishga va’da berishdi.

Tadbirda ishtirok etgan ayrim yoshlarning murojaatiga mas’ul rahbarlarning o‘z vaqtida javob bermayotgani, sustkashligi va e’tiborsiz qoldirayotgani ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘layotgani aytib o‘tildi. Shu tufayli o‘zlarini rejalashtirgan tadbirkorlik loyihalari kechikishi kuzatilmoqda. Mutaxassislar tomonidan bu kabi salbiy holatlar tegishli tartibda nazoratga olinishi yuzasidan vazifalar belgilandi.

 

A.Musayev,  O‘zA