FOTOREPORTAJ
Urganch shahrida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori hamkorligida “Yoshlar mediasavodxonligi radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashishda samarali vosita” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Elchi Antti Karttunen ishtirok etib, nutq so‘zladi.
[gallery-25052]
- YeXHT terrorizm va radikallashuvning oldini olishga, ayniqsa yoshlar orasida, ustuvor ahamiyat qaratadi. Mazkur trening ana shu yo‘nalishdagi kompleks yondashuvning yaqqol namunasidir, - dedi Elchi Antti Karttunen. - Yoshlar raqamli dunyoda faol va shu bois dezinformatsiya ta’siriga ko‘proq uchraydi. Lekin mediasavodxonlikni yoshlar masalasi sifatida ko‘rib bo‘lmaydi — barchamiz, yoshimizdan qat’i nazar, tanqidiy fikrlash va axborot manbalarini tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirishimiz shart
Treningda jurnalist, bloger va NNT vakillari ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida ekstremizm tahdidlari sharoitida mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash, kiberxavfsizlikning huquqiy asoslari, faktcheking vositalari, sun’iy intellekt yordamida media tahlil kabi ko‘nikmalar shakllantirildi.
Tadbirda Xorazm viloyati prokuraturasi mutaxassislari tomonidan yoshlar radikallashuviga qarshi kurashda prokuratura organlari tajribasi borasida ham ma’lumotlar berildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA