Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarning kelgusidagi vazifalari muhokama etildi
15:53 / 2023-12-31

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Q. Quronboyevning vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlar bilan ishlash tizimini tub mohiyatini va samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash, yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish va muhokama qilish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilish, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadiga qaratilgan.  

Uchrashuvda vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha jami, 100 nafar maslahatchisi ishtirok etdi.  

Uchrashuv davomida maslahatchilar o‘zlarining startap loyihalarini yanada takomillashtirish yuzasidan taqdimot qildi. Shuningdek, do‘stona muloqotda maslahatchilar o‘zaro tajriba almashdi. 2024 yilda yoshlar bilan ishlash sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.  

Tadbir kelgusida vazirlik va idoralarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish, ularni yetuk ma’naviyatli shaxs sifatida kamol toptirish, davlat xizmati sohasida yosh kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlash, yoshlar orasida davlat xizmati jozibadorligini oshirish, xalqchil davlat xizmatini ko‘rsatadigan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot drayverlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.  

Tadbirda ta’kidlanishicha, 2024 yilda vazirlik va idoralarda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarning “Yoshlar balansi”ni shakllantirish va monitoring tizimi joriy etiladi. Vazirlik va idora rahbarlarining “Vazir va yoshlar” uchrashuvlari muntazam va tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Vazirlik va idoralarning elektron veb-saytlarida alohida “Yoshlar ruknlari” tashkil etiladi.  

[gallery-15297]

Shuningdek, tashkilotlarda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali vazirlik va idoralardagi yosh xodimlarni malakaviy va kasbiy bilim va tajribalarini oshirish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Kamola YUSUPOVA,

Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA