Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar manfaatlari ustuvor
13:06 / 2020-01-28

Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining ahamiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim dargohlarida, mehnat jamoalarida, vazirlik va tashkilotlarda o‘rganilmoqda.


Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining ahamiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim dargohlarida, mehnat jamoalarida, vazirlik va tashkilotlarda o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlarning huquq-tartibot idoralari mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida ham mamlakatimizda yoshlarga oid yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi xususida so‘z yuritildi.

Mazkur institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Hotamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillaev va boshqalar Prezidentimizning 2020 yildagi parlamentga Murojaatnomasi Vatanimiz taraqqiyotining bir yilga emas, bir necha yillarda ilgari odimlashi yo‘lidagi muhim dastur ekanini alohida ta’kidladi.

Ayni paytda mazkur dastur kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgani, unda mamlakatimizni shiddat bilan rivojlantirish, shu maqsadda raqamli texnologiyalarni joriy etish, bu borada kadrlar salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘plab amaliy vazifalar belgilandi. Nuroniylar, yordamga muhtoj oilalar, ayollar, yosh qizlarga e’tiborni kuchaytirish masalasi Murojaatnomada ustuvor o‘rin egallagani ahamiyatlidir.

Yoshlarga mehr va e’tibor qaratish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning oliy ta’lim olishi, kasbiy malaka va mahoratini yuksaltirishi, intellektual salohiyatini muttasil charxlab borishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishiga oid amaliy taklif va vazifalar Murojaatnomaning o‘q ildizini tashkil etadi. Bu jihatlarni butun xalqimiz, ota-onalar, yoshlar, ma’naviyat, ta’lim fidoyilari alohida minnatdorlik bilan e’tirof etmoqda.

Uchrashuvda Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi. Sport, ta’lim, jamoat ishlarida o‘rnak bo‘layotgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.