FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkin Nuraliyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot chog‘ida E. Nuraliyev mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati va samaradorligi, navqiron avlod vakillariga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yigit-qizlarni bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi.
[gallery-24314]
Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 700 ming nafardan ziyod ishchi-xodim kasaba uyushmalari atrofida birlashgan bo‘lsa, ularning 220 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Albatta, yoshlarning maroqli dam olishi, tarixiy qadamjolarga sayohatga borishi, turli sohalarda iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga alohida e’tibor qaratilayotir. Birgina shu yilning olti oyida 200 nafardan ziyod yosh ishchi-xodim kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda mazmunli hordiq chiqarib, o‘z salomatliklarini tiklagan bo‘lsa, 2 ming nafardan ziyod yigit-qiz yurtimizning turli diqqatga sazovor joylariga bepul sayohatga yuborildi.
Uchrashuv davomida yoshlar kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA