Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar ma’naviyati – globallashuv davridagi dolzarb vazifa
14:21 / 2025-11-01

Guliston davlat pedagogika instituti hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbirda globallashuv jarayonlarining yoshlar ongi va dunyoqarashiga ko‘rsatayotgan ta’siri, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, globallashuvning inson hayotiga ta’siri haqida fikr almashdilar.

– Ma’naviyat   millatning ruhi, uning ma’no va mazmunini belgilaydigan kuchdir, –    deya ta’kidladi anjumanni ochib bergan GulDPI prorektori Xilola Mamatova. –    Yoshlar ongida milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va qonunlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish orqali jamiyatda barqaror ma’naviy muhitni shakllantirish mumkin.

GulDU professori Ravshan Mahmudov o‘z ma’ruzasida globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlariga to‘xtalar ekan, yoshlar ma’naviyatini muhofaza qilishda bilimli va faol jamoat fikrining o‘rni katta ekanini ta’kidladi:

– Bugungi axborot asrida yoshlar turli mafkuraviy oqimlar ta’siriga tushishi mumkin. Shu sababli ularda tanqidiy fikrlash va ma’naviy immunitetni shakllantirish, milliy g‘oyaga sadoqatni mustahkamlash har bir ta’lim muassasasi oldida turgan dolzarb vazifadir. Milliy qadriyatlar zamonaviy taraqqiyotdan orqada qolishi mumkin emas, balki uning ma’naviy asosini tashkil etishi lozim,  –   dedi professor Ravshan Mahmudov.

Anjuman davomida GulDU dotsentlari S. Ismoilov, M. Olimova, katta o‘qituvchi G‘. Amanov, GulDPI katta o‘qituvchilari Y. Karimov va A. Mansurov, shuningdek, o‘qituvchi O.T o‘raboyevlar ma’naviyat va ta’lim masalalari yuzasidan o‘z ilmiy tezislari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mazkur yo‘nalishda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri