Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar ligasi ham qizg‘in pallada
13:52 / 2015-04-14

O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ligasi musobaqasining to‘rtinchi tur bahslari yakunlandi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar ligasi musobaqasining to‘rtinchi tur bahslari yakunlandi.

Mazkur an’anaviy turnirda oliy liga jamoalarining 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari qatnashadi.

Musobaqaning to‘rtinchi turi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Muborakning “Mash’al” jamoasi tarbiyalanuvchilari o‘z maydonida “Olmaliq” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. “Mash’al” klubi a’zosi Sh.Dostonov 46-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, olmaliqliklar safida o‘ynayotgan D.Ismoilov 60-daqiqada vaziyatni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda A.Abdiyev tomonidan kiritilgan gol muboraklik yoshlarga g‘alaba keltirdi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi safarda “Navbahor” (Namangan) vakillarini 3:2 hisobida yengdi. Jizzaxliklarga g‘alaba keltirgan gollarga S.Rixsiboyev mualliflik qildi. Buxoroda o‘tkazilgan “Buxoro” va “Nasaf” (Qarshi) jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham mehmonlar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkentning “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi bahsda “temiryo‘lchi”lar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Navoiyning “Qizilqum” jamoasi “Paxtakor” (Toshkent) ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Metallurg” (Bekobod) – “Neftchi” (Farg‘ona) 0:1, “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Dinamo” (Samarqand) 1:1, “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) – “Andijon” (Andijon) 1:0.