Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
12:10 / 2026-02-27

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bitiruvchi talabalar ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida universitet rektori Inom Majidov davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bandligini ta’minlash, innovatsion g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash kabi yo‘nalishlar universitet faoliyatining ustuvor vazifalari ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda talabalar o‘z taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi. Rektor har bir murojaat va taklifni atroflicha eshitib, ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Takliflarni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.

Shuningdek, prorektorlar, fakultet dekanlariga har bir taklifni tizimli o‘rganish va amaliy natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA