English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar korrupsiyaga qarshi
11:55 / 2025-04-11

Buxoro shahridagi 29-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan korrupsiya va uning jamiyatdagi salbiy oqibatlarini yoshlarga singdirish maqsadida tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Unda partiya viloyat Kengashi mas’ullari, deputatlar, o‘quvchilar, pedagoglar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning ildizlari, uning jamiyatga olib keladigan zararli oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Aynan yoshlar bu illatga qarshi kurashda muhim o‘rin tutishi, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bugunning dolzarb vazifasi ekani ta’kidlandi.

– Tadbir davomida korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi eng katta illatlardan biri ekani, unga qarshi kurashish esa har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning burchi, – deydi partiya viloyat Kengashi raisi Maqsud Hamidov. – Yoshlarning huquqiy ongini oshirish va ularni halollikka undash jamiyatda sog‘lom muhit barpo etishning muhim kafolatlaridan biridir. Bugungi tadbir esa bu boradagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

[gallery-22755]

Tadbir doirasida o‘quvchilar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz” mavzusida rasmlar va insholar tanlovi ham tashkil etildi. Unda ijodkor va faol yoshlar korrupsiya mavzusiga o‘ziga xos yondashuv, badiiy ifoda va chuqur mulohazalari bilan ishtirok etdi. G‘oliblar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.