Toshkent xalqaro aeroportida “Rahbar va yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi vakillari shaffoflik va halollik asosiy ustuvor jihatlar ekanligi va ularga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shu o‘rinda “Uzbekistan Airports” yosh mutaxassislar xizmat pillapoyasidan ko‘tarilishi uchun imkoniyatlar yaratish, ish davomida ochiqlik va mas’uliyatga e’tibor bergan holda korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirish ustida faol ish olib borayotganini ta’kidlash joiz.
Tadbir ishtirokchilari yoshlarning tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash va korporativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha rejalarni muhokama qildi.
Davra suhbati yosh mutaxassislarga rahbariyat bilan bevosita muloqot qilish va o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishish imkonini berdi. Ular ish jarayonlarini yaxshilash borasidagi takliflarini taqdim etdi, shuningdek, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot oldi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA