Yoshlar korrupsiyaga qarshi eng katta kuch
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi tashabbusi bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi harakat yetakchilari” mavzusida maxsus o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminar davomida Yoshlar parlamenti a’zolari uchun korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, milliy va xalqaro qonunchilik asoslari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, yoshlarning tashabbuslari qanday tartibda davlat dasturlariga integratsiya qilinishi, eng muhimi, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faol ishtirokiga oid zarur bilim va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oTS0MsTZJjU" title="Yoshlar korrupsiyaga qarshi eng katta kuch" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Doniyor YAKUBOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV, O‘zA