English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida bellashdi
16:24 / 2023-08-21

FOTOREPORTAJ

Termizda “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan musobaqa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadiga qaratilgan.

Musobaqaning quyi bosqichida 50 jamoa o‘z mahoratini namoyish etdi. Ulardan saralangan 15 jamoa viloyat bosqichida tezkor savol-javob, AKM avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.  

[gallery-13194]

Oltinsoy tumani 1-kasb-hunar maktabining “Lochin” jamoasi birinchi, Sariosiyo tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Sog‘lom avlod” jamoasi ikkinchi, Muzrabot tumani xizmat ko‘rsatish texnikumining “Chegarachilar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.  

G‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Viloyat bosqichida birinchi o‘ringa loyiq topilgan jamoa musobaqa ko‘chma kubogi hamda respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA