Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar kitob o‘qishi kerak
20:12 / 2026-01-31

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda quyi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 36 nafar ishtirokchi qatnashishi belgilangan. Afsuski, tanlov o‘n nafar ishtirokchi bilan o‘tkazildi. Ularning 6 nafari 10-14 yosh toifasida bo‘lsa, 15-19 va 20-30 yosh toifalarida 2 nafardan ishtirokchi qatnashdi. Yanada achinarli tomoni tanlovda ishtirok etish uchun kelgan nomzodlarning asosiy qismi belgilangan adabiyotlarning aksariyatini o‘qimagan. Kitob o‘qimay turib kitobxonlik tanlovida qatnashishning izohi qanday bo‘lishini mas’ullarga qoldiramiz. 

Har ne bo‘lganda ham tanlov o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘rtasida kitob o‘qishga harakat qilgan nomzodlar faxrli o‘rinlarni egallab, viloyat bosqichiga yo‘l oldi.

[gallery-27412]

Tashkilotchilar bu kabi tanlovlarni nomigagina emas, undan ko‘zlangan maqsadlarga erishishni ko‘zlab o‘tkazishsa yaxshi bo‘lardi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA