Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi davom etmoqda.
Saylov uchastkalari ochilishi bilan ovoz berish uchun kelayotganlar ichida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 362-saylov uchastkasida ovoz bergan Murodulla Nabiyev bilan suhbatlashdik.
– Saylovda ovoz berish orqali Konstitutsiyamizda kafolatlangan saylash huquqimizni amalga oshiryapmiz, - deydi M.Nabiyev. – Bu muhim siyosiy jarayonda kelajagimiz uchun ovoz berdik, desak ham bo‘ladi. Chunki xalqimiz saylagan nomzodlar kelgusida yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladi. Shu ma’noda, o‘ylaymanki, munosib nomzodga ovoz berdim.
Uchastka saylov komissiyasi raisi Bahodir Mirfayozovning aytishicha, ro‘yxatga olingan saylovchilar ichida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
N.Abduraimova,
N.Haydarov (surat), O‘zA