Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar kelajagimiz kaliti, tinchlik va porloq hayotning umid chiroqlaridir
17:19 / 2022-05-10

Poytaxtimizda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda tinchlik va birlik qadriyatlarini ifoda etgan an’anaviy Yevropa kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, shuningdek, 10 may Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi O‘zbekistonda tinchlik va birlik qadriyatlariga bag‘ishlangan an’anaviy Yevropa kuni manzmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilda Yevropa kuni Yevropa yoshlar yili doirasida o‘tkazilishi ham O‘zbekistonda bunday qadriyatlarga qaratilayotgan e’tibor bilan hamohangdir.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi elchisi Sharlotta Adrian videomurojaatda ta’kidlaganidek, O‘zbekiston aholisining yarmi 30 yoshgacha bo‘lib, jamiyatning shunday muhim qismi bo‘lgan holda ular o‘z ijodkorligi, innovatsiyalari, resurslari va xayrixohligi bilan ulkan hissa qo‘shmoqda. Yoshlar kelajagimiz kaliti, tinchlik va porloq hayotning umid chiroqlaridir.

– Shu bilan birga, ular ta’lim, ko‘nikmalar va imkoniyatlardan kengroq foydalanishlari kerak. Yoshlar Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlariga, xoh atrof-muhit, inson huquqlari, xoh iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ham katta hissa qo‘shayotganini mamnuniyat bilan qayd etaman. Yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayoni va mamlakatdagi barcha ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisiga aylanishi ham birdek muhim. So‘nggi 30 yil ichida Yevropada ham, O‘zbekistonda ham yoshlar jamiyat taraqqiyotida asosiy rol o‘ynadi. Bu yilgi Yevropa kuni mahalliy va global muammolarni hal qilish orqali yoshlar jamiyatimiz va iqtisodiyotimizga ko‘rsata oladigan transformativ ta’sirni belgilashga imkon. Shuningdek, bu O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganini nishonlash imkoniyatidir, – dedi Sharlotta Adrian.

Anjumanda Yevropa kuni munosabati bilan bir qator tadbir va davra suxbatlari tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA