English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar – kelajagimiz bunyodkori
23:01 / 2023-06-27

30 iyun – Yoshlar kuni

Har qanday mamlakatning ertangi kuni bevosita yoshlarga va ular bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan siyosatga bog‘liq. Bejizga yoshlarni kelajak bunyodkori deb atashmaydi.  

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans uchun poydevor yaratishda yoshlarning kuch-g‘ayrati va azmu shijoatiga tayanilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoshlar bilan hamnafas!” shiori ostida Toshkent viloyatining go‘zal go‘shalaridan biri bo‘lgan “Xumson” dam olish maskanida festival tashkil etildi.

Festival doirasida yoshlar o‘rtasida shaxmat, stol tennisi, badminton, arqon tortish, kubik-rubik yig‘ish kabi yo‘nalishlarda sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ularda vazirlik tizimidagi yosh xodimlar o‘zlarining aqliy va jismoniy salohiyatini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.

Shundan so‘ng, vazirlik rahbariyatining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbatda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi. Xususan, tizimda ham yosh xodimlarning mehnat qilishi, kasb sir-asrorlarini puxta o‘rganishi, iqtidorini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganiga e’tibor qaratildi.

Yoshlar o‘zaro suhbatlashib, yangi fikr va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi. Vazirlik tomonidan bu takliflar qo‘llab-quvvatlanishi va amaliyotga joriy etilishi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida musobaqalarda g‘olib bo‘lgan hamda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuhrat ISLOMOV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi.