Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar kasb-hunar o‘rganmoqda
13:14 / 2025-10-29

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 2-politexnikum Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 16 oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qayta tashkil etilgan. 

360 o‘rinli ta’lim muassasasida kutubxona, faollar zali, yopiq sport zali, bir nechta sport maydonchasi, 150 o‘rinli amaliy ishlab chiqarish ustaxonasi hamda 50 o‘rinli oshxona mavjud. Fizika, kimyo, biologiya fanlari uchun maxsus laboratoriyalar, chet tillari o‘qitiladigan lingafon xonalari yanada bir qancha qulay sharoitlar yaratilgan. Politexnikumda umumta’lim, maxsus fanlar bo‘yicha hamda beshta muhim tashabbus doirasida sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Hozirgi kunda muassasada “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish”, “Payvandlovchi”, “Oqava suv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi”, “Maishiy texnika jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, “Oshpazlik”, “Yakka tartibda kiyim tikuvchi”, “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” kabi yo‘nalishlarda 770 nafar o‘quvchi kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda.

[gallery-25969]

Politexnikumda kunduzgi hamda dual ta’lim shaklida o‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Iqtidorli ӯquvchi-yoshlar tuman va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA