Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar jinoyatchiligining oldini olish – dolzarb vazifa
13:41 / 2025-08-26

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Yoshlar markazida tanqidiy-tahliliy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda respublika ishchi guruhi hamda qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-24958]

Yig‘ilish davomida viloyatda yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar holati, ularning sabablari va oqibatlari atroflicha muhokama qilindi. Jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, dolzarb vazifa ijrosida tegishli soha vakillarining mas’uliyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Shuningdek, yoshlarning keng qatlamiga tegishli bo‘lgan masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.  

Yoshlar yetakchilariga tegishli topshiriqlar belgilab berildi.  

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA