Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi choralar muhokama qilindi
16:02 / 2026-01-16

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida tuman rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv-muloqotda mamlakatimizda, xususan, Ulug‘nor tumanida yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish, ayniqsa, bandligini ta’minlash, faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda tuman hokimi Muhammadislom Ahmadjonov, prokuror Shavkatbek Temirov hamda ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Xurshidbek Abdurahmonov ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbatlashdi, ularning taklif, tashabbus va muammolarini eshitdi. 

Yoshlarning qator muammolari ijobiy hal etildi, ayrim masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi, bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. 

Shuningdek, uchrashuvda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish, yoshlarning turli illat, yot g‘oyalar hamda “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularning bandligini ta’minlash, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish xususida atroflicha so‘z yuritildi. 

Mahallalar, ta’lim muassasalarida mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, mutasaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik hamkorligida yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi. 

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari