Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar jinoyatchiligi qaysi viloyatda yuqori?
16:28 / 2019-08-26

O‘zbekiston yoshlar ittifoqidan ma’lum qilishlaricha, 2019 yilning iyul oyi holatiga ko‘ra yoshlar jinoyatchiligi o‘tgan yilga nisbatan 39,1 foizga kamaygan.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqidan ma’lum qilishlaricha, 2019 yilning iyul oyi holatiga ko‘ra yoshlar jinoyatchiligi o‘tgan yilga nisbatan 39,1 foizga kamaygan. Xususan, Toshkent shahrida 78,9 foizga, Andijon viloyatida 67,3, Samarqand viloyatida 51,9, Jizzax viloyatida 46,5, Namangan viloyatida 44,4, Surxondaryo viloyatida esa 3,1 foizga kamaygan.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi esa nisbatan 32,9 foizga kamaygan bo‘lib, hududlar kesimida Xorazm viloyati eng yuqori o‘rinda bo‘lib, 76,9 foizni tashkil etmoqda. Bu raqamlar Navoiy viloyatida 75, Namangan viloyatida 62,7, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 56 foiz, Buxoro viloyatida 46,9 foizni ko‘rsatmoqda. Shu tariqa Surxondaryo viloyatida 10 foizga, Jizzax viloyatida 8 foiz, Farg‘ona viloyatida 5,1 foizga kamaygan. Ammo, ba’zi viloyatlarda bu ko‘rsatkichlarni aksini ham kuzatish mumkin. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qoniqarli tashkil etilmaganligi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini jilovlashdagi ishlarning samarasizligi sababli Toshkent viloyatida 4,1 foizga oshgan.

Ayni vaqtda yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olishda mas’ullar asosiy e’tiborni nimalarga qaratyapti...?

photo5413423488103983984.jpg

–Jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining yoshlar o‘rtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat, –deydi Yoshlar ittifoqi bo‘lim boshlig‘i Akmal Alimov.– Yoshlar sodir etayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarga nisbatan 25 foizga yetgan. “Kasalni davolagandan ko‘ra, oldini olgan ma’qul”, degan naqlga amal qilgan holda jinoyat bilan kurashishda dastlab yoshlarni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdamiz. 

Ma’lumki, yoshlar asosan bekorchiligi, e’tiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muammoga yechim topish maqsadida Yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarning siyosiy faolligi, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirib boryapti. Ittifoq tizimida yoshlar jinoyatchiligini barvaqt profilaktika qilish bo‘yicha har oyning oxirgi 10 kunligida “Barchasi o‘z qo‘lingda!” targ‘ibot dekadasi loyihasini tizimli ravishda o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi. Dekada doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt prolfilaktika qilishni nazarda tutadigan loyihalar tashkil etilmoqda. Hozirda “Fidokor yoshlar” patrul guruhlari ishtirokida tuman (shahar)larda 13 886 marta tungi reyd tadbiri, 3 352 ta ta’lim muassasalarida “O‘quvchi”, “Tig‘” profilaktik tadbiri tashkil etildi. Reydlar davomida aniqlangan 3 854 nafar voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 890 nafar yoshlar ta’limga qaytarildi.

Kelajagimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barchamiz birdek harakatda bo‘lmog‘imizni zamonning o‘zi talab qilmoqda.