Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar “Jasorat maktabi” tadbiriga qatnashadi
16:08 / 2023-02-08

Toshkent viloyati hokimining 2023 yil 7 fevraldagi qaroriga asosan “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan rejalar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, hududlarda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir va hisobda turuvchi yoshlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish maqsadida “1+5” tizimi joriy etiladi. 2023 yil barcha tuman-shaharlarda tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobda turuvchi va uyushmagan yoshlar bilan harbiy ma’muriy sektorlar hamkorligida 10 kunlik “Jasorat maktabi” yig‘inlari o‘tkaziladi.

Harbiy vatanparvarlik o‘quv yig‘ini doirasida Toshkent viloyati hokimi kubogi uchun minifutbol musobaqasi, viloyat prokurori kubogi uchun sportning shaxmat va shashka musobaqasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun sportning stol tennis musobaqasi, Davlat xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun “Milliy kurash” musobaqasi va Okrug qo‘mondoni kubogi uchun harbiy estafeta musobaqalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi 100 nafar yoshlarning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 10 kunlik seminar-treninglar tashkil etilib, eng faol ishtirokchilarga imtiyozli kredit olishlari uchun maxsus sertifikatlar topshiriladi. “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida yoshlar 1+1 dasturi asosida hududlarda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan katta tajribaga ega tadbirkorlar biriktiriladi va tajribasi oshiriladi.  

Shahar va tuman sektor rahbarlari shaxsan mas’ulligida loyiha doirasida kasb-hunarlarga o‘qitilgan yoshlarni 10 kun nazariy o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng, 20 kunlik amaliyoti uchun sharoitlar yaratish va kafolatlangan ish joyi bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.  

A.Musayev, O‘zA.