Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar jamiyatda o‘z o‘rinlarini topmoqda
17:27 / 2025-03-10

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turar-joylar bilan ta’minlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi tegishli qarori ham bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov hamda Ijtimoiy inspeksiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i Aziz To‘lanboyev o‘tgan yili uy-joy bilan ta’minlangan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Olmaliq va Nurafshon shahrida tashkil etilgan suhbatlar asnosida ularning kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolari ham muhokama qilindi. Ular berilgan imkoniyat va sharoitlardan samarali foydalanishga, hayotda o‘z o‘rnini topishga astoydil intilmoqda.

Masalan, bu toifadagi Diyorbek Jumanov Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining faol yoshlaridan. Azizbek Umarov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabasi. Darya Kucherenka esa Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi. Ular endilikda o‘z tashabbus va ijtimoiy faolligi bilan jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan. 

Mas’ullar bilan suhbatdan so‘ng D.Kucherenka Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida amaliyot o‘taydigan bo‘ldi. Ilmga chanqoq bu yoshlar ishtirokida milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik mavzusidagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

A.Musayev,O‘zA