Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining buyrug‘iga ko‘ra, Boboyev Sarvar Boltayevich Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
S.Boboyev 1985 yilda tug‘ilgan. Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida, tuman yoshlar tashkilotida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Shu paytgacha boshqarmaga rahbarlik qilgan Husan To‘xtayev yaqinda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri