Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
12:34 / 2025-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi; 

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash tartibi; 

Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish tartibi belgilab berilgan. 

Ma’lumot o‘rnida: oldinroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 martdagi PF-61-son Farmoniga muvofiq: 

a) yoshlarda tabiatga muxhbbat hissini uyg‘otish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangan; 

b) “Yashil tashabbuslar”ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi: 

Davlat byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; 

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; 

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilishi nazarda tutilgani haqida ma’lumot berilgan edi.   

O‘zA