FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, taklif va istaklarini o‘rganish hamda ularni hal etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jarayonda eng avvalo, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan “Nukus shahar tajribasi” yaratildi.
Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda hududdagi 64 ta mahallada uyma-uy xatlov ishlari amalga oshirilib, 14-30 yoshdagi 74 ming 683 nafar yoshning ro‘yxati to‘liq shakllantirildi. Ushbu yoshlar orasidan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 4 ming 820 nafar fuqaro 19 ta ko‘mak turi bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritildi.
[gallery-8979]
Hozirda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari boshlanib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Nukus shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan tadbirda 155 nafar yoshga o‘z-o‘zini band qilish maqsadida subsidiya asosida noutbuk, zamonaviy kompyuter va printerlar topshirildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Po‘lat Maxsetboyev, sektorlar rahbarlari, yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA