English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar hayotidagi unutilmas kun
16:46 / 2023-07-20

FOTOREPORTAJ

Joriy o‘quv yilida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini 689 nafar bakalavr hamda 88 nafar magistr tamomladi.  Shu munosabat bilan universitetda “Oq yo‘l sizga, aziz, bitiruvchilar!” nomli tantanali tadbir o‘tkazildi.

Dastlab “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Bosh direktori Q. Sanaqulov so‘zga chiqib, yoshlarni hayotidagi unutilmas bu kun bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng universitet rektori B. Mardonov yakuniga yetgan o‘quv yili va unda erishilgan natijalar, xususan, chet el oliygohlarida magistratura hamda doktoranturada tahsilni davom ettirayotgan, falsafa doktori darajasiga erishgan yoshlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.  

[gallery-12836]

- Talabalik davrimda ilmiy rahbarim bilan birgalikda vermikulit rudalarini boyitib, ushbu xomashyodan turli tayyor mahsulotlar olish texnologiyasini yaratish yuzasidan tadqiqot olib bordim, -  deydi bitiruvchi Shahzoda O‘tkirova. - Bu boradagi izlanishlarni magistratura bosqichida davom ettirmoqchiman. Bugungi kun men uchun unutilmas bo‘ldi. Barchasi uchun ustozlarimizga tashakkur!  

Albatta, yosh mutaxassis degan nomga ega bo‘lish, qo‘lga diplom olish - bu inson hayotidagi shunchaki bir hodisa  emas. Buning uchun orzu-umidlar yo‘lida qat’iy harakat, bir necha yillar, tinimsiz o‘qish va izlanish zarur. Shu ma’noda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tamomlagan yosh mutaxassislar yurtimiz sanoat korxonalarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda faol qatnashib, oliygohda olgan o‘z bilimlarini amaliyotda mustahkamlashlariga shubha yo‘q.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA