“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan hasharga Surxondaryo viloyatida ham erta tongdanoq yuksak uyushqoqlik va birdamlik bilan kirishildi.
Shahar va tumanlar, olis va chekka hududlardagi mahallayu qishloqlargacha hamjihatlikni o‘zida ifoda etgan umumxalq yumushida aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar obodonlashtirilmoqda. Viloyatdagi yoshu-qari ezgulik harakatida alohida jonbozlik ko‘rsatayotir. Binobarin, viloyat yoshlari obodonchilik, ozodagarchilik, pokizalik va ko‘kalamzorlashtirishning qadr-qimmatini barchadan ko‘ra teranroq anglashadi.
[gallery-24913]
Yoshlar gulxonalarni yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish, daraxt va bordyurlarni oqlash, ariq va zovurlarni tozalash, chiqindilarni chiqarish, bino fasadining ko‘chgan joylarini butlash singari xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, hasharning birinchi kunida Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida joylashgan “Birodarlik” qabristonida yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi xodimlari hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MbVxI4kwuYg" title="Yoshlar hasharda faol" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA