Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar harbiy xizmatchilar hayoti bilan tanishdi
16:57 / 2026-01-15

FOTOREPORTAJ

Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasida “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.  

Yoshlarda harbiy sohaga qiziqishni oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy soha haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirish, Vatan himoyasining amaliy ahamiyatini targ‘ib etish maqsadiga qaratilgan tadbir Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat Chavandozlar maktabi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

[gallery-27144]

Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, jangovar va maxsus tayyorgarligi, xizmat jarayonida talab etiladigan jismoniy va ma’naviy sifatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

“Ochiq eshiklar” kuni doirasida harbiy qurol-aslahalar va maxsus texnikalar ko‘rgazmasi o‘tkazilib, unda xizmat jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy qurol-yarog‘lar, anjom aslahalar hamda texnik vositalar namoyish etildi. Harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Chavandozlar maktabi sportchi-o‘quvchilar tomonidan ot sportining konkur (to‘siqlardan sakrash), ot ustida kurash va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazildi. Sportning kamondan otish turi bo‘yicha tashkil etilgan maxsus mahorat darsida esa tajribali mutaxassislar yoshlarga kamondan otishning asosiy qoidalari, xavfsizlik talablari hamda to‘g‘ri nishonga olish texnikalarini tushuntirdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ushbu sport turi bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni egallab, o‘z kuch va mahoratini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.  

O‘zA fotomuxbiri

Tohir ISTATOV olgan suratlar