Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar harbiy qism faoliyati bilan tanishdi
12:20 / 2021-01-14

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami keng nishonlanmoqda.

Xususan, shaharda joylashgan harbiy qismda shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida hududdagi harbiy qism xizmatchilari, shahar faollari, deputatlar, faxriy harbiylar, o‘quvchi-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov va boshqalar yurtimiz tinchligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashda fidoyi harbiylarimizning zahmatli mehnatlari yuksak ekanini alohida ta’kidladi. Askarlarning qurol-aslahalar bilan va qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.

Shuningdek, tadbir doirasida yosh avlodni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Harbiy texnika va qurol-aslahalar, askarlarga yaratilgan munosib sharoitlar bilan tanishgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga harbiy-mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

Tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilarga shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirldi.

Vatan, istiqlol, tinchlikni madh etuvchi konsert dasturi tadbirga yanada bayramona zavq bag‘ishladi.

O‘zA