Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar giyohvandlikka qarshi
21:42 / 2023-11-28

Andijon davlat universitetida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning tarqalishi hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi vakillari, Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talaba- yoshlar ishtirok etgan tadbirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar tarqalishi va noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va OITSga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ularning natijalari xususida keng ma’lumotlar berildi. Aholining salomatligini saqlash, ayniqsa, yoshlarning giyohvandlik va narkotik moddalar iste’mol qilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

[gallery-14806]

–Tadbirda ishtirok etib, giyohvand va narkotik moddalar tarqalishi bilan bog‘liq jarayonlar xususida keng ma’lumotlar oldik, – deydi ADU filologiya fakulteti talabasi Dilafzoda Poziljonova. – Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz. Uning tarqalishi, salbiy oqibatlari naqadar ayanchli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik.

Shuningdek, tadbirda giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida aholi va yoshlarning bilim va tushunchalarini boyitish, bu borada mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari