Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar forumida bo‘lajak pedagoglarga yangilanayotgan Konstitutsiya haqida ma’lumot berildi
15:30 / 2023-03-31

Yurtimizda talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etilayotgan «Referendum va yoshlar» forumlari yoshlar faolligida, bayramona va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Bunday forumlar katta shodiyonaga aylanib, ularda yigit-qizlar mamlakat buguni va ertasiga befarq emasligini namoyon etmoqda.

Poytaxtimizdagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham «Referendum va yoshlar» forumi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning barcha fakultetlaridan 4 mingga yaqin talaba hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

 Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning qator moddalarida yoshlar huquq-manfaatlari, ularning ta’lim va kasb-hunarga ega bo‘lishiga oid normalar aks etmoqda. Xususan, fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi o‘z ifodasini topgan.  

Shuningdek, talabalarga yana bir qator yangiliklar borasida tushunchalar berildi. Joriy yil 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda saylov yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi lozimligi ta’kidlandi.  

Forumda xalqimiz sevgan san’atkorlar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

 

M.Komilova,  

O‘zA