Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar forumi kegaylilik yoshlarga motivatsiya berdi
12:14 / 2022-04-04

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligidagi delegatsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Kegayli tumani markaziy o‘yingohida Yoshlar forumi o‘tkazildi.

Dastlab fuqarolar yig‘inlari yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Andijon viloyati hokimi kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari taqdirlandi. Birinchi o‘rinni egallagan “Oqtuba” ovul fuqarolar yig‘ini yoshlari Andijon viloyatiga sayohat uchun bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, umumta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Andijon viloyati hokimi sovrini uchun matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblari ham aniqlandi. 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tumandagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Gulbonu Jangabayeva, 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 38-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Indira Satniyozova, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 5-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Botirbek Sarshayev birinchi o‘rinni egalladi. Ular noutbuk, planshet bilan taqdirlandi. 

Shuhratbek Abdurahmonov 

Futbol bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida Andijon viloyati hokimi kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi. Unda “Jilo‘an jap” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni egallab, viloyat hokimi kubogi sohibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni “Juzim bag‘” ovul fuqarolar yig‘ini, uchinchi o‘rinni “Obod makon” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi qo‘lga kiritdi. 

Birinchi o‘rinni egallagan jamoaga 100 million, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga 50 million, uchinchi o‘rinni egallagan jamoaga 25 million so‘m pul mukofoti berildi. Bundan tashqari, mahallalardagi yoshlar yetakchilariga sport kiyimlari, tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabiga 50 million so‘mlik sport inventarlari topshirildi. Sovg‘alarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tantanali ravishda topshirdi.  
Yoshlar forumi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon viloyati san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi.  

Dovud Abibullayev,  
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA