French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar festivalida milliy urf-odatlarimiz namoyish etildi
18:26 / 2024-10-16

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi Qarateren ko‘li bo‘yida yangi barpo etilgan, hech qayerda o‘xshashi yo‘q milliy uslubdagi “Qarateren” etno-turistik majmuasining ochilishi munosabati bilan yoshlar festivali o‘tkazildi.

Festivalda yoshlar, madaniyat va san’at xodimlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

[gallery-19786]

Turli millat vakillarining milliy urf-odat va an’analari jamlangan teatrlashtirilgan kompozitsiyalar, milliy o‘tovlar yonida qardosh xalqlarning kundalik hayotini aks ettiruvchi manzaralar, turli o‘yin-kulgi tomoshalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. “Beshik shabar”, “Tisov kesar”, “Qiz bazmi”, “Qiz uzatish”, “Kelin salom” kabi ota-bobolarimizdan qolgan boy merosimiz, milliy urf-odatlarimiz namoyishi o‘zgacha ruhda o‘tdi. Shuningdek, qoraqalpoq xalqi va qardosh xalqlarning milliyligi, o‘zligi va o‘ziga xosligini mujassam etgan tegirmon tortish, urchuq yigirish, go‘bida yog‘ chiqarish kabi hayotiy manzaralar, turli xalqlar milliy taomlari namoyishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari, ko‘l bo‘ylab yoshlar sayillari, ot, tuya minib sayr qilish, shu kabi juda boy etno muhit barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Festival “Fashion night” liboslar ko‘rgazmasi, musiqiy dastur va salyutlar shousi bilan davom etdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA