Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Badiiy akademiya hamkorligida mamlakatimizning barcha hududlarida “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, ushbu eko-aksiya har yili tashkil etilib, uning doirasida soha xodimlari, eko-faollar, yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida plogging aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu eko-tabdirlar orqali aholi gavjum hududlarni chiqindilardan tozalash an’anaga aylangan.

Tadbirda «Yosh ekovolontyorlarning ushbu seminar-treningdan kelib chiqadigan vazifalari», «Plogging nima?» «Chiqindi turlari va utilizatsiya», «Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun har birimiz qanday harakatlarni amalga oshirishimiz kerak?», «Ekologik muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish loyihasi» kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.

Plogging davomida Toshkent dengizi sohili bo‘yida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilari va yosh eko-faol rassomlar tomonidan atrof-muhitni ozoda saqlashga doir suratlar chizildi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar, faol ishtirokchilar hamda hamkor tashkilotlar munosib taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA