Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar davrasida muammolar muhokama qilindi
14:54 / 2025-09-08

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

Bu borada Yoshlar ishlari agentligi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning takliflarini, fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari, fakultet va yo‘nalish koordinatorlari hamda faol talabalardan iborat 700 dan ortiq yosh ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov yoshlarning takliflarini, fikrlarini tingladi.

Uchrashuv jarayonida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan ustuvor maqsad va rejalar belgilab olindi.

Yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA