Yoshlar dasturlash ko‘nikmalarini egallamoqda
FOTOREPORTAJ
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va AKTni rivojlantirish loyihalari doirasida tashkil etilgan.
[gallery-8105]
Bu yerda yuzlab yoshlar axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari ko‘magida zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallamoqda. Ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klasterda yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishi sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida baholanadi.
O‘zA fotomuxbiri
A’lo ABDULLAEV olgan suratlar