Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ni shakllantirishda qoraqalpogʻiston tajribasi
16:08 / 2020-10-25

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi “Yoshlar markazi” majlislar zalida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirishni jadallashtirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi “Yoshlar markazi” majlislar zalida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirishni jadallashtirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantiruvchi masʼul shtab aʼzolari ishtirok etishdi.

photo_2020-10-25_23-56-52.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati Yoshlarga oid dasturlar va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi, respublika ishchi guruhi aʼzosi Fazliddin Bahromov shtab aʼzolariga elektron bazani shakllantirishning oson va qulay yoʻli boʻyicha batafsil tushuntirish berdi.

Qayd etilganidek, hisob-kitoblarga koʻra, mahallalardagi uchrayotgan muammolarni xatlovdan oʻtkazish jarayonlari koʻp vaqt talab qilmoqda. Belgilangan muddatgacha “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish uchun xonadonlarda soʻrovnomalarni toʻldiruvchi ishchi guruhi aʼzolarini yana-da koʻpaytirish lozim. Shundagina, koʻp vaqtimiz tejaladi. Shuningdek, elektron bazaga kirituvchi mutaxassis hech qanday xatoga yoʻl qoʻymasligi zarur. Agarda, har bir mahalladan anketalar toʻldirilishi qanchalik tezlashsa, xatlov tez muddatda tugatilishiga erishiladi.

photo_2020-10-25_23-57-18.jpg

Shtab aʼzolari ishlarni mana shu asosda amalga oshirsa nafaqat jarayonlar tezlashadi, balki uning shaffofligiga ham erishiladi. Shundagina, Qoraqalpogʻiston tajribasini barcha viloyatlarga namuna etib koʻrsatish mumkin. Tadbir ishtirokchilari maxsus dasturdagi namunani bexato shakllantirish borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Bugungi seminarda soʻrovnomalarni elektron bazaga kiritish jarayonlarida uchrayotgan muammolar yuzasidan savollarimga javob oldim,deydi shtab aʼzosi Bahodir Uzaqboyev.Seminardan olgan tajribamizni tumandagi shtab aʼzolariga albatta, yetkazaman va bu boradagi amaliy ishlar bugundan boshlab yuboriladi.

photo_2020-10-25_23-57-08.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8-oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirish vazifasi belgilangan edi.

Ushbu daftarlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududidan namunali deb topilgan ikkita tuman (shahar)da respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish ishlari boshlab yuborildi. Albatta Orolboʻyi yoshlarining ushbu tashabbusi barcha hududlarga namuna boʻlishi shubhasiz.

photo_2020-10-25_23-57-21.jpg