"Yoshlar daftari": mahallada buyurtmalar asosida gul yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi (+video)
Sardor Abdusattorov Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Yangiobod mahallasida yashaydi. U "Yoshlar daftari" imkoniyatlaridan foydalangan holda yer olib, o‘zining orzusidagi ishni, jumladan, gullar yetishtirishni boshladi.
U zamonaviy uslubda gul parvarishlash sirlarini o‘rganib, bir necha oy ichida o‘z mehnatining ilk samarasini oldi. Bugun esa mahalliy bozorga turli xil gullarni yetkazmoqda. Buyurtmalar asosida gul yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yib, daromadi oshmoqda. Sardor yaqin orada issiqxona qurishni rejalashtirmoqda.
Bu yoshlarimizning imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansa, qanchalik katta natijalarga erishishi mumkinligidan dalolatdir.
Qahramonimiz bilan intervyuning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XQexLxu6QVE" title=""Yoshlar daftari" : mahallada buyurtmalar asosida gul yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov(video), O‘zA