Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar daftari” dagi 45 nafar yoshga yordam ko‘rsatildi
10:07 / 2021-09-09

Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish borasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan muntazam ish olib borish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan saylangan deputatlar “Deputat mahallada – muammolar yechimi sari” loyihasi doirasida joylarda o‘z saylovchilari muammolarini o‘rganish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni  bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.  

Xalq deputatlari  Kegayli tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi a’zosi Aydos To‘remuratov ham o‘zi saylangan hudud saylovchilarining muammolarini deputatlik vakolatidan kelib chiqib bartaraf qilib kelmoqda. Deputatning yordami bilan tumandagi “Yoshlar daftari”ga  kiritilgan 45 nafar yoshga o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya asosida jami 86 million so‘mlik 25 dona tikuv mashinasi, 10 dona payvandlash  uskunasi va 10 dona elektropech olib berildi.

Deputatning sa’y-harakati bilan ishsiz yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bӯldi

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA