“Yoshlar bog‘i” yanada ko‘rkam bo‘ladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yoshlar bog‘i”da qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
[gallery-25920]
Hududda respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘ hisobidan elektr tarmoqlari yangilanmoqda, sug‘orish tizimi qurilmoqda, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 75 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, 35 dan ortiq tadbirkor o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa, yaqin kunlarda “Yoshlar bog‘i” nafaqat mahalliy aholi, balki butun viloyat mehmonlari uchun ham sevimli dam olish va ko‘ngilochar maskanga aylanadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA