«Yoshlar bog‘i» barpo etildi
Yil boshidan bugunga qadar Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va volontyor yoshlar ishtirokida mamlakatimiz bo‘ylab 125 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Xususan, har bir hududda namunali «Yoshlar bog‘i» barpo qilindi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Yangi hayot tumani Marhamat mahallasida 400 dan ortiq pavlovniya daraxti tashabbuskor yoshlar tomonidan ekilgan edi. Pavlovniya Yer sharida mavjud daraxtlardan nafaqat eng tez o‘sishi, balki xayoliy go‘zallik kashf etib gullashi bilan ajralib turadi.



Mazkur daraxt ko‘chatlarining tez rivojlanishi uchun mutaxassislar tomonidan agrotexnik ishlov berildi. «Yoshlar bog‘i» mahalla yoshlari, obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy tarzda parvarishlanmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA