Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasi keng joriy etilmoqda
16:01 / 2021-02-15

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratish zarurligi qayd etilgan edi.

Bu borada yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash, zamon talablariga mos har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, agrar ta’lim tizimi bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.  

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan start berilgan “Yoshlar: bilim va amaliyot” loyihasi talaba-yoshlar faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ularni mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlari hududiy bo‘linmalariga ishga tavsiya etish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari uchun istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirishga zamin yaratish maqsad qilingan.

–Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan universitetning iqtidorli talaba-yoshlari va bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi, – deydi vazirlik boshqarma boshlig‘i Umida Saidova. – Bunda talabalarning nafaqat argar sohadagi nazariy bilim va ko‘nikmalari, balki ularning shaxsiy sifatlari, iqtidori, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari aniqlandi.

Suhbat natijasiga ko‘ra, talabalar vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlarida o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi belgilab olindi.