Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan uchrashuv
16:17 / 2026-01-23

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputatlari Qorako‘l xalqaro matematika maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar masalasining ahamiyati, Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi, grant va stipendiyalar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi to‘g‘risida so‘z bordi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(Ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Xuseynova “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Shuningdek, so‘zga chiqqan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Temirqul Ro‘ziyev mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi. U Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi, yoshlar parlamenti, grant va stipendiyalar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi yoshlarning bilimli, tashabbuskor va mustaqil fikrlaydigan avlod bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.