Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan uchrashuv
16:11 / 2025-09-17

Buxoro davlat universitetida yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ikromjon Tursunov hamda ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov ochib, mazkur uchrashuvning ahamiyatini ta’kidlab, yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, ularni huquqiy bilimlar bilan qurollantirish dolzarb masala ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undash masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida o‘zining ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan ajralib turgan iqtidorli talabalarga kitoblar to‘plami taqdim etildi, ular munosib rag‘batlantirildi.

[gallery-25340]

Uchrashuv yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli bo‘lishga undash va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.