Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
15:40 / 2026-03-03

Sirdaryo pedagogika texnikumida O‘zbekiston Ekologik Partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev ishtirokida yoshlar bilan ma’naviy va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dildora Kamolova, tuman hokimi, partiya va davlat idoralari vakillari, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, vaqtdan oqilona foydalanish va ekologik mas’uliyatni anglash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Har bir daqiqaning qadri va samarali sarflashning ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, Orol dengizi ekologik fojiasi misoli orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash va tabiiy boyliklarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish zarurligi eslatib o‘tildi.

Deputat Dildora Kamolova yoshlarni hayotiy maqsadlarini aniq belgilash va ular sari intilishga undab, ta’lim va ilm-fan yo‘lini tanlash, mamlakat ravnaqi uchun zarur malakali mutaxassisga aylanish, jamiyatda faol, mas’uliyatli shaxs sifatida faoliyat olib borish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri