Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan uchrashuv
21:52 / 2020-02-05

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori bilan yoshlarning uchrashuvi boʻldi.


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori bilan yoshlarning uchrashuvi boʻldi.

Institut rektori N.Sayfullayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yoshlar hayotida tub burilish yasashi, ularning iqtidorini rivojlantirish, isteʼdodli oʻgʻil-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirishda muhum ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

photo5321235012982516869.jpg

Institut mamlakatimizdagi tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va sanʼatshunoslik sohalarida oliy maʼlumotli, yetuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan yagona yetakchi taʼlim muassasasi hisoblanadi. Hozir institutda talabalar bakalavriat bosqichida 23, magistratura bosqichida 13 yoʻnalish boʻyicha tahsil olayapti. Institut talabalari turli xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilayotgan festivallar, tanlov-koʻrgazmalar, fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib, yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.

photo5321235012982516868.jpg

– Prezidentimiz har bir chiqishida yoshlarga keng yoʻl ochish, ilm-maʼrifat egallashimiz uchun munosib sharoit yaratish lozimligi haqida gapiradi, – deydi birinchi kurs talabasi Mohigul Sobirova. – Bugungi uchrashuvda institut miqyosida talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi moʻyqalam sohibi”, “Eng zoʻr musavvir”, “Eng mahoratli dizayner” kabi tanlovlarni muntazam oʻtkazish taklifini bildirdim. Bu kabi tanlovlar bizning iqtidorimizni yana-da namoyon etishga, oʻz ustimizda ishlashga ragʻbat boʻladi.