Toshkent shahar hokimligi tomonidan uchtepalik "qizil" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yoshlar bilan individual ishlashni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 29 nafar "qizil" toifadagi yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Ularning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi. Ko‘zlangan natijani qo‘lga kiritishda astoydil harakat va bilim olish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida suhbat qurildi.


Yoshlarning bandlik, kredit va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha qilingan murojaatlari qanoatlantiriladigan bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA