Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan samimiy, ochiq, do‘stona suhbat
15:28 / 2023-12-27

Guliston shahridagi Yoshlar markazida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev va sektorlar rahbarlari viloyatdagi yoshlar yetakchilari, faol yigit-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot boshlanishi bilan  bir necha yoshlar so‘zga chiqib, Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha viloyatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, xullas, barcha-barchasi uchun hukumatimizga minnatdorlik bildirdi.  

Akmaljon Mahmudaliyev  yoshlarni e’tibor bilan eshitib, so‘ngra o‘z fikrlarini bayon etdi.  

–Albatta, yutuqlar o‘zimizniki, unga mahliyo bo‘lib o‘tirish bizga yarashmaydi. Muammolarni ochiq tahlil qilib, sizlarning tashabbus va takliflaringizni ko‘proq eshitishni istardim,– dedi viloyat rahbari.

Tadbirda muhit o‘zgarib, muloqotga samimiylik, ochiqlik va do‘stona ruh kirdi. E’tiborlisi, hokim yoshlarga katta va’dalar bermadi, hatto biroz sayoz taklif aytgan ishtirokchiga ham masalaning mohiyatini yotig‘i bilan tushuntirdi, vaqtini qizg‘anmadi. Viloyat rahbari muloqot davomida bugungi shiddatli zamonda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi nechog‘lik zarurligi haqida ham to‘xtaldi.

Muxtasar aytganda,  uchrashuv, tom ma’noda, yoshlar xotirasida uzoq vaqt muhrlanib qoladigan, 2024 yil oldidan yangi marralarga ilhomlantiradigan tadbir bo‘ldi, deyish mumkin.

Tadbir yakunida faol yoshlar yetakchilari, yil davomida mamlakatimiz hamda xalqaro maydonlarda turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar, qolaversa, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlashda namuna ko‘rsatgan bir guruh tashkilot va korxona rahbarlari viloyat xokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

Shuhrat Suyarov,

O‘zA muxbiri