English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan ochiq muloqot zamonaviy dispetcherlik xizmatida bo‘lib o‘tdi
15:31 / 2020-02-13

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliev Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan bir guruh yosh xodimlar bilan uchrashdi.


Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliev Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan bir guruh yosh xodimlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv “Suvsoz” davlat unitar korxonasining Chilonzor tumanida joylashgan markaziy dispetcherlik xizmati binosida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur dispetcherlik xizmati Suv ishlab chiqarish inshootlaridagi texnik jarayonni, ichimlik suv tarmoqlaridagi gidravlik rejimni bir me’yorda ishlashini, Toshkent shahridagi issiqlik markazlari (qozonxonalar) suv ta’minotini hamda shahardagi mavjud III-IV–bosqich nasos stansiyalarini avtomatik tarzda nazorat qilish imkonini beradi.

“Barchamizga ma’lumki hech bir sohani shu jumladan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini ham zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etmasdan rivojlantirib bo‘lmaydi. Bu borada davlatimiz Rahbari tomonidan e’lon qilingan “2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da oldimizda bir qator muhim vazifalar turibdi. Shular qatorida respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlaydigan “Raqamli suv ta’minoti korxonasi” tizimini joriy etish masalasidir. Ushbu yo‘nalishda boshlagan ishlarimizni albatta sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarga tayangan holda, sizlarning tashabbuslaringizni e’tiborga olgan holda yakuniga yetkazamiz” – deya ta’kidladi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yosh xodimlar shahar aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

Uchrashuv so‘ngida ushbu zamonaviy texnologiyalarni viloyatlarda ham tatbiq etish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga vazir tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.