Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
10:42 / 2025-09-19

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari va talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar muhokama qilinib, yoshlar va ustozlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Mazkur muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlar va pedagoglar qatlamiga yetkazish, ularning fikr va takliflarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Yoshlar parlamenti a’zolari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar — maktabgacha ta’lim qamrovining kengayishi, maktablar va texnikumlar infratuzilmasining yaxshilanishi, o‘qituvchilar mehnatining munosib rag‘batlantirilishi kabi masalalarga to‘xtalishdi..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov o‘z nutqida ta’lim sohasiga ajratilayotgan e’tibor va investitsiyalar bugungi yosh avlod uchun beqiyos imkoniyatlar eshigini ochayotganini ta’kidladi.

Talabalar ham o‘z fikrlari bilan ishtirok etishdi. Masalan, Guldao‘ren Tao‘bayeva ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning amaliy natijalariga to‘xtalar ekan, ta’limda sifat va raqobatbardoshlikning oshishi yoshlarda kelajakka ishonch uyg‘otayotganini qayd etdi.

Tadbirda ishtirok etgan tajribali ustozlar ham o‘z so‘zlarida Prezidentimiz tomonidan o‘qituvchi va murabbiylarga berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Jumladan, ipoteka kreditiga dastlabki badalni to‘lab berish, farzandlarining shartnoma to‘lovlariga chegirmalar, kompyuter xaridi uchun imtiyozli kreditlar, milliy va xalqaro sertifikatlar uchun ustamalar — bularning barchasi ustozlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlamoqda.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlar va ustozlar o‘rtasida muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir bolani kasb-hunar egasi qilib tarbiyalash — nafaqat oila, balki jamiyat farovonligiga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar esa yoshlarimiz va ustozlarimizni yangilanish jarayonlariga daxldor etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri